"Chelsi" futbolchilarining Mareska bilan bog'liq vaziyat bo'yicha fikrlari ikkiga bo'lindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531

"Chelsi"ning barcha futbolchilari ham Entso Mareskaning jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganidan mamnun emas.
Ko'pchilik mutaxassisning iste'foga chiqishi haqidagi qarorni qo'llab-quvvatlaydi, ammo jamoaga, ayniqsa yangi murabbiy bilan bog'liq noaniqlik fonida, beqarorlik tahdid soladi, deb hisoblaydiganlar ham bor.
The Athletic xabariga ko'ra, hozircha jamoadagi muhit sog'lom, ammo ba'zi futbolchilarni noaniqlik qo'rqitmoqda.
Mareska 1 yanvar kuni "Chelsi" bosh murabbiyligidan ketdi va yangi yilda ishdan bo'shatilgan APL tarixidagi ilk murabbiyga aylandi.
Uning o'rniga "Strasburg" bosh murabbiyi Liam Rosenor asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
482