Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisini sotib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Xordi Paulinani "Fortuna"ga sotib yuborganini e'lon qildi.
Transfer summasi 400 ming evroni tashkil etgan. Yangi klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Futbolchi o'ziga 27-raqamni tanladi.
2025/2026 yilgi mavsumda Paulina "asalarilar"ning ikkinchi jamoasida o'ynadi va 11 ta o'yinda ettita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
21 yoshli forvard Dik Advokat qo'l ostida sensatsion tarzda 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'l olgan Kyurasao terma jamoasi vakili hisoblanadi.
"Borussiya" 15-turdan keyin 32 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
496