"Paxtakor" Turkiyadagi yig'inda qaysi klublar bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1863

«Paxtakor» klubi matbuot xizmati Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladigan birinchi xorijiy yig'inda jamoaning 3 ta nazorat bahsini o'tkazishini ma'lum qildi.
Bunga ko'ra, 17-30 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan yig'inda jamoa Shimoliy Makedoniyaning «Struga», Kosovoning «Prishtina» va Bolgariyaning «Botev» jamoalari bilan maydonga tushadi.
«Struga» jamoasi hozirda Shimoliy Makedoniya chempionatida 2-o'rinda bormoqda va 2 mavsum oldin ular mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. «Prishtina» jamoasi ham o'z chempionatining birinchi davrini vitse-chempion sifatida yakunladi. «Botev» esa Bolgariya chempionatining 11-o'rnida turibdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376