Rosenor "Chelsi"ni boshqarishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1932

"Starsburg" bosh murabbiyi Liam Rosenor Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Mish-mishlarga ko'ra, Entso Mareska iste'foga chiqarilganidan keyin aynan Rosenor "ko'klar" ustozi lavozimiga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
"Bu erda qancha vaqt qolishimga kafolat bermoqchi emasman, lekin men har kuni "Strasburg"da ishlashdan zavqlanaman. Men bu klubni yaxshi ko'raman, lekin hech narsaga kafolat bera olmayman," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi L’Equipe.
"Chelsi" Angliya Premer-ligasining 19-turidan keyin turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 30 ochko mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349