«Barselona» Dushan Vlaxovich uchun kurashda etakchi bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1593

«Barselona» Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovichni imzolash uchun kurashda etakchi bo'lib turibdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "Barsa" serbiyalik forvard uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Vlaxovichning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Ispaniyaning grand klubi futbolchiga hozirgi maoshiga yaqin yillik 12 mln evro taklif qilishga tayyor. Vlaxovich atrofidagi vaziyatni, shuningdek, «Bavariya» va «Milan» klublari ham kuzatib borishmoqda.
Joriy mavsumda Vlaxovich barcha turnirlarda klub safida 17 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365