Sofascore top-5 ligalarda 2025 yil ramziy jamoasini tuzdi. Tarkibga «PSJ»dan birorta ham futbolchi kirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 603

Mashhur statistik portal Sofascore Evropaning top-5 chempionatlari bo'yicha 2025 yil ramziy jamoasini taqdim etdi.
Yil ramziy terma jamoasiga top-ligalarda o'z pozitsiyasida eng yuqori baholarni olgan 11 nafar futbolchi kiritildi. Tarkib 3-2-4-1 sxemasida shakllantirildi.
Ramziy jamoa quyidagicha ko'rinish olgan:
Darvozabon: Joan Garsiya («Espanol» / «Barselona»);
Himoyachilar: Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund), Virjil van Deyk («Liverpul») va Valdemar Anton («Borussiya» Dortmund);
Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Pedri («Barselona»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Maykl Olise («Bavariya»), Rafinya («Barselona») va Lamin Yamal («Barselona»);
Hujumchi: Kilian Mbappe («Real»).

Qayd etish joiz, mavsum davomida olti trofeyni qo'lga kiritganiga qaramay, Frantsiyaning «PSJ» klubidan yil ramziy jamoasiga birorta ham futbolchi kiritilmadi.

Bosh sahifaga
422