“Yuventus” “Atletiko” hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Aleksandr Syorlotga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, turinliklar Syorlotni Dushan Vlahovichning o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Serbiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois klub “Atletiko” hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Yuventus” norvegiyalik hujumchiga asosiy tarkibdan joy taklif qilishga tayyor. “Atletiko” esa futbolchi uchun 32 million evro talab qilmoqda.
Avvalroq Syorlotga “Liverpul”, “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Hujumchining madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Syorlot “Atletiko” safida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 20 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
476