Alonso Mbappening holati bo'yicha "Real" muxlislariga xabar berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 757

Bir necha kun oldin "Real" hujumchisi Kilian Mbappe jarohat sabab 3 haftaga safdan chiqqani haqida xabar berilgan edi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Xabi Alonso ertangi "Betis"ga qarshi o'yin oldidan 27 yoshli frantsuz forvardining holati bo'yicha ma'lumot berdi.
"Mbappeni imkon qadar tezroq qaytarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz... Umid qilamizki, Kilian Superkubok uchun tayyor bo'ladi", - dedi Alonso matbuot anjumanida.
Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real" 8 yanvar kuni "Atletiko" bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
433