Mareska varianti paydo bo'lganidan so'ng "MYu" Amorimni ishdan bo'shatadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1323

"Manchester Yunayted" murabbiy Ruben Amorimni iste'foga chiqarish va uning o'rniga Entso Mareska nomzodini ko'rib chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
"Ushbu bosqichda menga "Manchester Yunayted" va Entso Mareska o'rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayotgani haqida xabar berishdi. "Manchester Yunayted" hamon o'z pozitsiyasida turibdi, Ruben Amorimni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda va bu bosqichda hech narsani o'zgartirishni rejalashtirmayapti," - deydi Romano.
Entso Mareskaning kelajagi "Chelsi"dan ketganidan keyin muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayrim xorijiy OAVda uning Manchesterning har ikkala klubiga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

Bosh sahifaga
434