Emeri Alisson transferiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 506

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaga yangi kelgan Alisson Edvard haqida fikr bildirdi. Braziliyaning "Gremio" klubining 19 yoshli futbolchisi klubga 10,5 million evroga tushdi, deya xabar bermoqda BBC.
"U vinger sifatida yaxshi driblingga ega. Odatda o'ng qanotda o'ynaydi, jismonan yaxshi, himoyada ham ishlaydi. U etarlicha shiddat bilan himoyalanishi va hujum qilishi mumkin. U hali yosh, shuning uchun dastlab mashg'ulotlarda moslashadi, keyin esa APL o'yinlarida bizda mavjud bo'lgan talablarga muvofiq o'sib boradi, deb umid qilaman," - dedi murabbiy.
Alisson "Gremio"ning asosiy tarkibida 41 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U ilgari Braziliya U-16 terma jamoasiga chaqirilgan (3 ta o'yin va 3 ta gol).

Bosh sahifaga
438