"Real" qishda Rodrigoni sotib olmoqchi bo'lgan klublarga uning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 674

Braziliyalik hujumchi Rodrigo Madridning "Real" klubini tark etishi mumkinligi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, "qaymoqranglilar" Rodrigoni sotish masalasini ko'rib chiqishga tayyor, faqat 100 million evro atrofida taklif bo'lsa. Aks holda futbolchi klubda qoladi.
Manbaga ko'ra, ayni damda Rodrigoni o'z safiga qo'shib olishi mumkin bo'lgan yagona klub Frantsiyaning "PSJ" klubi hisoblanadi. Ammo braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Bu mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4ta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
435