"PSJ" yulduzi navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

"PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning "Parij"ga qarshi Parij derbisida ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda. Futbolchi kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda jarohat olgan va hozirda uyida individual dastur asosida ishlamoqda. Bu haqda frantsiyalik jurnalist Artur Perro o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, futbolchining Liga 1 17-tur o'yiniga tayyorligi bo'yicha yakuniy qaror uchrashuv boshlanishiga yaqin qabul qilinadi. Uchrashuv ertaga, 4 yanvar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Bu mavsumda gruziyalik futbolchi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Kvaratsxeliyaning narxi 90 mln evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
447