"Inter" Akanji bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 880

Milanning "Inter" klubi mavsum boshida "Manchester Siti"dan ijaraga olingan markaziy himoyachi Manuel Akanji bo'yicha qaror qabul qildi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra "Inter" 30 yoshli shveytsariyalik futbolchining shartnomasini ingliz grandidan sotib olmoqchi. Avvalroq, "neradzurrilar" Akanji uchun 15 million evro to'lashi mumkinligi aytilgandi.
"Inter" safida Akanji barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushdi va gol urolmadi.
"Inter" 16 o'yindan so'ng Italiya A Seriyasi turnir jadvalida peshqadam "Milan"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
452