Lempard "Chelsi"ni boshqarishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 656

Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi, "Koventri"da ishlayotgan Frenk Lempard o'zini "ko'klar" ustozligiga taklif qildi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Lempard "Chelsi" rahbariyatiga murojaat qilib, jamoani joriy mavsum oxirigacha boshqarishga tayyorligini bildirgan. Biroq klub direktorlar kengashi bunga keskin rad javobini berdi. "Chelsi" qo'lga kiritishni istayotgan yagona murabbiy Frantsiyaning "Strasburg" klubini boshqarayotgan Liam Rosenor bo'lib turibdi.
1 yanvar kuni "Chelsi" Entso Mareskani jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Poytaxt jamoasi 19 turdan so'ng 30 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
412