"Real" Konatedan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 584

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibrohima Konate Madridning "Real" klubiga o'tmaydi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo'nur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Konateni kuzatishni to'xtatgan. Ta'kidlanishicha, futbolchi uzoq vaqt davomida "Real"ga o'tish yoki "Liverpul"da qolish bo'yicha yakuniy qarorga kela olmagan. Shu fonda ispan klubining o'zi boshqa nomzodlarga o'tishga qaror qildi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Konate barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Frantsuzning mersisaydliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi yaqin yozgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371