Xoland joriy mavsum APLning ikki klubidan ko'proq gol urishga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 614

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland 2025/2026 yilgi mavsumda 19 ta gol urdi, bu APLning "Nottingem Forest" (18) va "Vulverxempton" (11) klublaridan ko'p. Bu haqda WhoScored tahliliy portali xabar berdi.
Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 25 ta gol va to'rtta assist bor. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining narxi 200 mln evroni tashkil etadi.
"Manchester Siti" 19-turdan keyin 41 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan 4 ochko ortda qolmoqda. Keyingi 20-turda "shaharliklar" o'z maydonida Londonning "Chelsi" klubini qabul qiladi. O'yin 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357