"Barselona" Segundada harakat qilayotgan iqtidorni ko'zladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Barselona" Ispaniyaning ikkinchi divizioni Segundada harakat qilayotgan "Deportivo" klubi yarim himoyachisi Eremay Ernandesni kuzatib bormoqda. Futbolchining tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi, shartnoma 2030 yilgacha imzolangan. Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Ernandes 19 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
"Barselona" 18-turdan so'ng Ispaniya La Ligasida 46 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda va "Real" bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331