"Chelsi" Eddi Xau bilan bog'landi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Chelsi" Entso Mareskaning iste'fosidan keyin "Nyukasl Yunayted"ni boshqarayotgan angliyalik mutaxassis Eddi Xauga murojaat qildi. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirda jamoa boshqaruviga "Strasburg"da ishlayotgan Liam Rosenor asosiy nomzod bo'lib qolmoqda. Biroq, London klubi rahbariyati Angliya chempionatida ishlash tajribasi bo'lgan mutaxassislarga ham qiziqish bildirmoqda va shu sabab Xauga e'tibor qaratgan.
48 yoshli murabbiy 2021 yilning noyabr oyidan buyon "Nyukasl"ni boshqarib kelmoqda. APL joriy mavsumining 19-turidan so'ng "qarg'alar" 26 ochko jamg'arib, 13-o'rinni egallab turibdi. 30 ochkosi bor "Chelsi" esa 5-pog'onadan joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
382