"Chelsi" APL klublarining ikki futbolchisi qo'lga kiritmoqchi - Caught Offside
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Chelsi" "Arsenal" hujumkor yarim himoyachisi Itan Nvaneri va "Aston Villa" xavbeki Morgan Rojersga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rojersning London klubiga o'tishi "katta miqdordagi bitim"ga aylanadi.
Bundan tashqari, "Chelsi" o'tgan yozda muvaffaqiyatsiz urinishga qaramay, hamon Nvanerini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Biroq, "Arsenal" 18 yoshli yarim himoyachini "Chelsi"ga sotishdan ko'ra, Angliya Premer-ligasi turnir jadvali o'rtalarida borayotgan klubga ijaraga berish ehtimoli yuqori.
London klubi Angliya chempionatining 19-turidan keyin 30 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398