"PSJ" 18 yoshli iqtidor uchun taklif tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 515

Belgiyaning "Genk" klubi hujumkor yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas Frantsiyaning "PSJ" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "PSJ" 18 yoshli gretsiyalik xavbek transferi bo'yicha "Genk"ga birinchi taklifni berishga tayyorlanmoqda. Shuningdek, futbolchini "Bavariya", "Napoli", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" klublari ham diqqat bilan kuzatmoqda.
Karetsas joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 27 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, yarim himoyachining narxi 28 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
410