"Espanol" sardori: "Biz muxlislarimiz ko'z o'ngida "Barselona"ni mag'lub etishni juda xohlaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Espanol" hujumchisi va sardori Xaver Puado "Barselona" bilan bo'lib o'tadigan derbi haqida fikr bildirdi.
"Bu juda muhim o'yin. "Barselona"ga qarshi bizni og'ir derbi kutib turganini bilamiz. So'nggi yillarda chempionatda bu jamoani o'z maydonimizda mag'lub eta olmayapmiz. Biz buni tuzatib, muxlislarimiz oldida derbi g'olibi bo'lishni juda xohlaymiz," - deya Puadoning so'zlarini keltiradi "Match TV."
Ispaniya La Ligasining 18-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Barselona" uchrashuvi bugun, 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bosh hakamning boshlang'ich hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
433