"Nottingem Forest" forvardi "Ayntraxt"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 580

"Nottingem Forest" forvardi Arno Kalimuendo tez orada Germaniyaning "Ayntraxt" klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klublar 23 yoshli frantsiyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijarasi bo'yicha kelishuvga erishgan. Shartnomada sotib olish imkoniyati ko'zda tutiladi. Futbolchi joriy hafta oxirigacha tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
"Nottingem Forest" yozgi transfer oynasida "Renn"dan 30 million evro evaziga Kalimuendoni sotib oldi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
435