Igor Sergeev "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatlaridagi to'purariga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Igor Sergeev 1-turdagi ikki goli bilan jamoa rekordchisiga aylandi.
Endi Igorning hisobida O'zbekiston chempionatida kiritilgan to'plar soni 87taga etdi va u bungacha eng yaxshi natija egasi bo'lib turgan Anvar Solievni quvib o'tishga erishdi. Bu yog'iga Sergeev o'z ko'rsatkichini yaxshilab borish imkoniyatiga ega. Eslatib o'tamiz, Sergeev Osiyo klublari musobaqalarida 12 gol bilan "Paxtakor"ning xalqaro o'yinlar to'purarlari orasida eng yaxshi uch natijadan biri sohibi hisoblanadi. Navbatdagi gol uni bu borada ham rekordchiga aylantiradi.
"Paxtakor"ning chempionatlardagi mutloq to'purarlari ichida Sergeev 4-pog'onaga ko'tarildi. Ushbu ko'rsatkichda peshqadam Gennadiy Krasnitskiy bo'lib, uning hisobida 102 gol mavjud.
"Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purarlari
Igor Sergeev 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor Shkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
Shuhrat Maqsudov 51

Bosh sahifaga
266