Tonali APLning top-klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Stiven Bantingning ma'lum qilishicha, 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul"dan katta qiziqish bor. Mersisaydliklarning fikricha, 40 million evro atrofidagi takliflar kelishuvni amalga oshirish uchun etarli bo'lishi mumkin. Futbolchini "Yuventus" ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tonalining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394