Iraola Antuan Semenoning kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola vinger Antuan Semenoning kelajagi haqidagi navbatdagi savolga javob berdi.
25 yoshli futbolchi "Manchester Siti"ga o'tish arafasida turibdi, biroq murabbiyning so'zlariga ko'ra, bitim hali tuzilmagan.
"Hech narsa imzolanmagan. Muzokaralar olib borilmoqda, shovqinni tushunaman, ammo Antuan - bizning futbolchimiz. O'ylashimcha, u o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan ikki o'yinda ["Arsenal" va "Tottenxem"ga qarshi] ishtirok eta oladi - shunga umid qilyapmiz. Semeno haqiqiy professional va shunchaki yaxshi yigit. Shubhasiz, u jamoaga yordam berishni xohlaydi va qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi," - dedi Iraola matbuot anjumanida.
"Bornmut"ning "Arsenal" bilan uchrashuvi shanba kuni, "Tottenxem" bilan bahs esa chorshanba kuniga belgilangan.

Bosh sahifaga
352