"Aston Villa" "Barselona" futbolchisi uchun 60 mln evrodan ko'proq mablag' sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Futbol del Sr.Destrangis xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Aston Villa" 25 yoshli universal hujumchi uchun "Barselona"ga 60 million evrodan ko'proq taklif qilmoqda. Ingliz klubi ustozi Unai Emeri jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi, rahbariyat esa buning uchun taxminan 60 million evro ajratishga tayyor, bu mablag'ni Torresga sarflash rejalashtirilgan.
Joriy mavsumda ispaniyalik goleador barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va bitta assist muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381