O'zbek bokschilari WBA reytingida yuqori o'rinlarda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 501

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o'zining yangilangan reytingini e'lon qildi. Ushbu reyting charm qo'lqop ustalarining 2025 yil dekabr oyi yakuniga ko'ra qayd etgan natijalari orqali tuzildi.
Quvonarlisi, ushbu jadvaldan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin oldi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, mamlakatimiz sharafini turli musobaqalarda munosib himoya qilayotgan Shahram G'iyosov WBA reytingining yarim o'rta vazn toifasida birinchi o'rinda qolgan bo'lsa, Bektemir Meliqo'ziev super o'rta vazndagi ikkinchi pog'onasini saqlab qoldi.
Shuningdek, yarim engil vaznda Otabek Xolmatov, birinchi yarim engil vaznda esa Muhammad Shexov 3-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, Murodjon Ahmadaliev birinchi yarim engil vazn toifasida 4-pog'onadan joy oldi.
Isroil Madrimov super yarim o'rta vaznda 6, Hasanboy Do'smatov minimal vaznda 7-o'ringa joylashdi. Engil vaznda faoliyat olib boruvchi Sirojbek Ismoilov 15-o'rinni band etdi.

Bosh sahifaga
450