"Milan" A Seriyadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 16 ta o'yinga etkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1386

"Milan" A Seriyadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 16 o'yinga etkazdi.
Kecha Italiya chempionatining 18-turida "rossonerilar" "Kalyari"ni mag'lub etdi (1:0).
Massimiliano Allegri jamoasi "Kremoneze"ga (1:2) yutqazib qo'ygan birinchi turdan beri Italiya chempionatida mag'lubiyatga uchramayapti. O'shandan beri milanliklar 11 o'yinda g'alaba qozonib, 5 marta durang o'ynashdi.
"Milan" 17 o'yinda 38 ochko to'plab, A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. "Inter" yakshanba kuni "Bolonya"ni mag'lub etsa, raqibini ortda qoldirishi mumkin.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
457