"Chelsi" futbolchilari jamoada qaysi murabbiyni kutishayotgani ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

"Chelsi" futbolchilari Entso Mareska ketganidan keyin Liam Rosenor bosh murabbiy etib tayinlanishini kutmoqda.
Avvalroq, "Strasburg"ni boshqarayotgan Rosenor London klubi uchun asosiy nomzod ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Strasburg", "Chelsi" singari, BlueCO guruhiga tegishli. Rosenor avval ham London klubi rahbariyati vakillari bilan aloqada bo'lgan.
The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, "ko'klar"ning bir necha etakchi futbolchilari Rosenorning kelishi mumkinligini muhokama qilishgan va aynan u murabbiylikka asosiy da'vogar ekani haqida signallar olishgan.
"Chelsi" mashg'ulot maydonida ishlashga yo'naltirilgan va klub falsafasiga mos keladigan yosh mutaxassisga ishonch bildirmoqchi.
Nomzodlar ro'yxatida "Portu" ustozi Franchesko Farioli ham bor, ammo uni mavsum davomida qo'lga kiritish oson bo'lmasligi mumkin.

Bosh sahifaga
463