"Liverpul"ning Gravenberx kelajagi borasidagi rejalari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

"Liverpul" yarim himoyachi Rayan Gravenberx bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan.
Xavbek bilan hali rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan, ammo "qizillar" rahbariyatining pozitsiyasi aniq - niderlandiyalik futbolchiga yaqin kelajakda shartnomani uzaytirish taklif qilinadi, deb yozadi jurnalist Pol Joys. 23 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Rayan Gravenberx 2023 yilda "Bavariya"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Joriy mavsumda futbolchi Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364