"Jirona"da ter Shtegen bo'yicha fikrlar ikkiga bo'lindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen hali ham "Jirona"ga ko'chib o'tishi mumkin.
"Oq-qizillar" nemisni mavsum oxirigacha ijaraga olish haqida o'ylamoqda, biroq bosh murabbiy Michel barcha mablag' "Barsa"ning yulduz darvozaboni uchun sarflanishini istamayapti, deb yozadi Sport. "Jirona" ustozi ter Shtegenni o'zi aytganidek "top-darajadagi darvozabon" deb hisoblaydi, ammo u ko'proq mudofaa va o'rta chiziqni mustahkamlashga qiziqadi.
Sport direktori Kike Karsel vaziyatga boshqacha qaramoqda: u ter Shtegenni "Jirona"da ko'rishni juda xohlaydi va agar futbolchining o'zi rozilik bersa, transfer amalga oshishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366