Arteta: "Dyokeresh atrofida yana besh yil shov-shuv bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Viktor Dyokeresh bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
27 yoshli futbolchi ko'pincha unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmagani uchun tanqid qilinadi. Shved "kanonirlar" safida 22 ta o'yinda 7 ta gol urgan.
"Keyingi besh yil ichida Dyokeresh atrofida shovqin-suron ko'payadi. Bu "Arsenal"dagi "to'qqizlik" uchun shunchaki hayotning bir qismi," - dedi Arteta Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Viktor Dyokeresh 2025 yil iyul oyida Lissabonning "Sporting" klubidan kelib, London grandi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer qiymati 65 mln evrodan oshgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366