Fabregas "Chelsi"ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Chelsi"ga tayinlanishi bilan bog'liq mish-mishlar haqidagi savolga javob berdi.
Payshanba kuni London grandi Entso Mareskaning ketishini e'lon qildi. Uning o'rniga nomzodlardan biri sifatida "ko'klar" safida to'p tepgan ispaniyalik murabbiy ko'rilmoqda.
- Bu borada aytadigan gapim yo'q. Men hamon shu erdaman va umid qilamanki, "Komo"da hali ancha vaqt ishlayman," - deya italiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan Fabregasning so'zlarini keltiradi TMW.
"Chelsi"da Entso Mareskaning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy sifatida Frantsiyaning "Strasburg" klubidan Liam Rosenor tilga olinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366