"Chelsi"ning vaqtinchalik murabbiyi Gvardiolani hayratda qoldirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Chelsi" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen jamoani Premer-liga doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi safar o'yiniga tayyorlamoqda.
Uchrashuv yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Jurnalist Kiran Jillning ma'lum qilishicha, 40 yoshli mutaxassis Xosep Gvardiolani hayratda qoldirish va kutilmaganlik effekti orqali "shaharliklar"ga muammo tug'dirish maqsadida ba'zi taktik o'zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. "Ko'klar"ning vaqtinchalik murabbiylar shtabi eng yaxshi reja tuzish uchun "Manchester Siti" o'yinini uzoq vaqt o'rganib chiqdi.
Ehtimol, bo'lajak o'yin Makfarlen uchun "aristokratlar" asosiy jamoasi boshqaruvidagi so'nggisi bo'ladi. Klub yaqin kunlarda "Strasburg"dan Liam Rosenorning tayinlanganini e'lon qilishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
369