"Chelsi" yaqin kunlarda yangi murabbiy tayinlanishini e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Liam Rosenor tez orada "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi.
Frantsiyaning "Strasburg" klubida faoliyat olib borayotgan angliyalik mutaxassis London grandi rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarilgan Entso Mareskaning o'rniga ustuvor nomzod sifatida tanlangani haqida avval ham bir necha bor xabar berilgan edi.
Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Rosenorning tayinlanishi, agar hech qanday kutilmagan hodisa yuz bermasa, yaqin kunlarda rasman tasdiqlanadi. Muzokaralarda jadal siljish kuzatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Entso Mareskaning iste'fosi haqida 1 yanvar kuni ma'lum bo'ldi. Italiyalik mutaxassis bu lavozimda 2024 yilning yozidan beri ishlab kelayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359