Bugun Denis Istomin Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8691

Bugun O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz qur'a yakuniga ko'ra, turnirning ilk bosqichida shveytsariyalik mashhur tennischi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi.
Ma'lumot uchun, Istomin jahon reytingida 101, Federer esa 3-o'rinni egallab turibdi. Shu kungacha tennischilar olti marotaba o'zaro o'yin o'tkazishgan va ularning barchasida shveytsariyalik tennischining qo'li baland kelgan.
Qayd etish lozimki, Federer Avstraliya Ochiq chempionatining 6 karra g'olibi hisoblanadi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:30 dan so'ng boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272