Saudiya chempionati. Krishtianu Ronaldu gol urmagan o'yinda «An-Nasr» «Al-Ahli»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 13-turidan o'rin olgan «Al-Ahli» — «Al-Nasr» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bellashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «Shahzoda Abdulla al-Faysal» stadionida o'tkazildi. Uchrashuv mezbonlar jamoasi — «Al-Ahli»ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinda hisob 7-daqiqada «Al-Ahli» hujumchisi Ayvan Toni tomonidan ochildi. 20-daqiqada u dubl qayd etib, jamoasining ustunligini oshirdi. 31-daqiqada mehmonlar himoyachisi Abdulla Al-Amriy hisobni qisqartirdi, 44-daqiqada esa yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'lim boshida, 55-daqiqada «Al-Ahli» himoyachisi Merix Demiral hal qiluvchi golni urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni belgilab qo'ydi.
Ushbu mag'lubiyatga qaramay, «An-Nasr» 12 ta o'yindan so'ng 31 ochko bilan chempionat jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Al-Ahli» esa 25 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Keyingi turda «Al-Nasr» 8 yanvar kuni o'z maydonida «Al-Qodisiya»ni qabul qiladi. «Al-Ahli» esa 10 yanvar kuni safarda «Al-Uxdud» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistoni — Pro-liga, 13-tur
2026 yil 2 yanvar, juma. Jidda. «Shahzoda Abdulla al-Faysal» stadioni.
Al-Ahli (Jidda) — Al-Nasr (Ar-Riyod) - 3:2 (2:2)
Gollar: 1:0 — Ayvan Toni (7), 2:0 — Ayvan Toni (20), 2:1 — Abdulla Al-Amriy (31), 2:2 — Abdulla Al-Amriy (44), 3:2 — Merix Demiral (55)
Chetlatishlar: Al-Majrashiy («Al-Ahli») — 90+6, Navaf Mishariy («An-Nasr») — 90+9

Bosh sahifaga
421