«Andijon» Eldor Adhamov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2427

29 yoshli Eldor Adhamov 2020 yildan beri «Andijon» sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2021 yilni qo'qonliklar safida boshlagach, yarim yildan keyin yana jamoaga qaytgan va shundan buyon «Burgutlar» a'zosi bo'lib kelmoqda.
E'tiborlisi, Adhamov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi va u 2026 yilgi mavsumda ham jamoa sharafini himoya qilishda davom etadi.
Adhamov «Andijon» tarkibida shu paytgacha hammasi bo'lib 81 ta o'yin o'tkazdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
539