«Yuventus» – «Inter» o'yinida muxlislar stadionga kiritilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

Italiya chempionatining 26-turi doirasida bo'ladigan "Yuventus" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi o'yin muxlislar uchun ochiq bo'lishi mumkin. Bu haqda Lombardiya mintaqasi prezidenti Attilio Fontana Rtl 102,5 radiostantsiyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Umid qilaman, bugungi muzokaralarda oldinga siljish kuzatilgan. Men ham "Yuventus" – "Inter" o'yiniga tashrif buyurmoqchiman. Keling, birgalikda vaziyatni kuzatishda davom etamiz. Yakuniy natija ijobiy bo'lishiga shubha qilmayman", – dedi Fontana.
Ma'lumot o'rnida. "Yuventus" – "Inter" o'yini 1 mart, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq ushbu o'yin ishqibozlarsiz o'tishi haqida qaror qabul qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267