Ispaniya Superkubogining mukofot jamg'armasi miqdori ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 515

Ispaniya Superkubogi o'yinlari yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Keyingi chorshanba kuni "Barselona" birinchi yarim finalda "Atletik Bilbao" bilan to'qnash keladi, payshanba kuni esa "Real Madrid" va "Atletiko Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, turnirning mukofot jamg'armasi rekord darajadagi 23 million evroni tashkil etadi - bu o'tgan yilgidan 3 million evroga ko'p.
Bu summa barcha to'rtta jamoa o'rtasida ularning natijalariga qarab taqsimlanadi. So'nggi Ispaniya Superkubogi g'olibi "Barselona" deyarli 9 million evro ishlab topgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
555