Angliya grandi «Real»dan Gyulerni sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7496

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Londonning "Arsenal" klubining ehtimoliy transfer maqsadi hisoblanadi.
"Kanonirlar" vakillari 20 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda va agar uni o'z tomoniga og'dirib olish imkoniyati tug'ilsa, muzokara boshlashga tayyor. "Arsenal" turkiyalik yulduzni sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olishni ko'rib chiqmoqda, deb yozadi Caught Offside. Biroq, madridliklar grandi bosh murabbiyi Xabi Alonso hamon futbolchidan umid qilmoqda va uning ketishini ma'qullamaydi.
Arda Gyulerning Transfermarkt saytidagi narxi - 90 mln evro. Joriy mavsumda xavbek barcha musobaqalarda "qaymoqranglilar" safida 25 ta o'yinda 3 ta gol va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
452