«Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlar ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41

Entso Mareska iste'foga chiqarilganidan so'ng «Chelsi» yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini boshladi.
Sky Sport ma'lumotlariga ko'ra, nomzodlar short-listiga ikki mutaxassis kiritilgan: Frantsiyaning «Strasbur» klubi ustozi Liam Rosenor va «Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner. Ayni paytda ingliz murabbiyi ushbu poygada favorit sifatida ko'rilmoqda.
Ta'kidlash joizki, «Strasbur» va «Chelsi» klublarining egasi bitta bo'lib, londonliklar safidagi ko'plab futbolchilar o'yin amaliyoti olish maqsadida Frantsiya klubiga ijara asosida yo'llanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421