«MYu» Frantsiya terma jamoasi a'zosi bilan hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar hozirda hujumchi qidirmayapti, ammo 28 yoshli frantsuzni qo'lga kiritish imkoni bo'lsa, bozorga chiqishga tayyor. Yozda "Kristal Pelas" futbolchini 50 million funtga sotishdan bosh tortgandi.
Mateta 2021 yildan beri London klubi sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Matetning bozor narxini 40 million evroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314