Gabon hukumati milliy terma jamoani tarqatib yuborishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 875

Gabon terma jamoasi Afrika millatlari kubogidagi omadsiz ishtirokdan so'ng mamlakat hukumatining qaroriga binoan noma'lum muddatga o'z faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Qayd etilishicha, turnirdan chiqib ketilgandan keyin Gabon hukumati milliy televidenie orqali o'qib eshittirilgan bayonotni e'lon qilgan. Unda jamoaning ishtiroki sharmandali deb baholangan hamda Per-Emerik Obameyang va Ekele Manga terma jamoa safidan chetlatilgani, murabbiylar shtabi esa tarqatib yuborilgani ma'lum qilingan. Ekele Manga — terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi (105 ta), Obameyang esa jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar (41 ta gol).
Gabon "F" guruhida so'nggi o'rinni egallab, barcha o'yinlarida mag'lubiyatga uchradi. So'nggi bahsda Kot-d’Ivuarga qarshi o'yinda gabonliklar 2:0 hisobida oldinda borganiga qaramay, keyin uchta gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldi.

Bosh sahifaga
414