«Vest Xem» «Barselona» sobiq futbolchisining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6546

«Vest Xem» qishki transferlar oynasida «Barselona»ning sobiq vingeri Adama Traore bilan tarkibini kuchaytiradi.
X (Twitter) tarmog'idagi jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, «bolg'achilar» 29 yoshli futbolchining transferi bo'yicha «Fulxem» bilan kelishuvga erishgan.
Traore «Fulxem» safiga 2023 yil yozida erkin agent sifatida qo'shilgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda klub safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427