Entso Mareska «Chelsi»dan ketgandan so'ng kompensatsiyadan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1458

Angliyaning «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska jamoadan bo'shatilganidan so'ng kompensatsiya olishdan voz kechdi. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
«Chelsi» bugun, 1 yanvar kuni Entso Mareska bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e'lon qildi. Mutaxassisning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan edi.
Hozirda «Chelsi» Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 19 ta o'yindan so'ng 30 ochko jamg'argan. Peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» 45 ochkoga ega.
Angliya chempionatining navbatdagi turida «Chelsi» safarda «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv yakshanba, 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
395