«Aston Villa» 19 yoshli braziliyalik futbolchining transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1610

Angliyaning «Aston Villa» klubi rasmiy sayti orqali Braziliyaning «Gremio» jamoasi hujumchisi Alissonning transferini e'lon qildi.
Istiqbolli yosh vinger Portu-Alegri shahri klubi akademiyasida tarbiyalangan bo'lib, 2024 yil iyul oyida asosiy jamoa safida debyut qilgan. O'tgan mavsumda Alisson «Gremio»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib, ligada 34 ta uchrashuv o'tkazdi.
«Xush kelibsan, Alisson!» — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, klub 19 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million evro deb baholaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412