Eron chempionati. Rustam Ashurmatov avtogol muallifi bo'ldi, ammo «Istiqlol» g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 779

Eron chempionatining 10-turi doirasida "Sepaxon" o'z maydonida Tehronning «Istiqlol» klubi qabul qildi.
Bahsning 10-daqiqasida mehmonlar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi va Yasir Asani undan foydalanib, hisobni ochdi.
Oradan 4 daqiqa o'tib "Istiqlol" himoyachisi Rustam Ashurmatov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va hisob tenglashdi. Boz ustiga, Rustam 57-daqiqada sariq kartochka oldi.
Uchrashuvning 73-daqiqasida Jaloliddin Masharipov zaxiradan maydonga tushirildi. O'yinga qo'shib berilgan 3-daqiqada Ismoil G'olizoda gol urib, "Istiqlol"ga g'alaba keltirdi.
Bahsning 90+6-daqiqasida negadir Masharipov zaxiraga olindi.
"Istiqlol Tehron" esa ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 25 taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Bosh sahifaga
413