Transfermarkt jahon futbolidagi eng qimmat yarim himoyachini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

Nufuzli internet-portal Transfermarkt dunyodagi ayni paytdagi eng qimmat yarim himoyachilar reytingini tuzdi.
Manba talqiniga ko'ra, eng qimmat yarim himoyachi unvoni Madridning «Real» klubi va Angliya terma jamoasi xavbeki Jud Bellingemga tegishli. «Qaymoqranglar» safida to'p surayotgan 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 160 mln evro deb baholanmoqda.
Reytingda ikkinchi o'rinni «Barselona» jamoasining 23 yoshli ispaniyalik yarim himoyachisi Pedri egalladi (140 mln evro). Eng qimmat uch yarim himoyachi ro'yxatini esa Myunxenning «Bavariya» klubi a'zosi, 22 yoshli Jamal Musiala yakunlab berdi (130 mln evro).
Shundan keyingi o'rinlarda transfer qiymati 120 mln evro bo'lgan uch nafar futbolchi joy olgan: Koul Palmer («Chelsi»), Deklan Rays («Arsenal») va Federiko Valverde («Real»).
1. Jud Bellingem («Real», Angliya) — 160 mln evro
2. Pedri («Barselona», Ispaniya) — 140 mln evro
3. Jamal Musiala («Bavariya», Germaniya) — 130 mln evro
4. Koul Palmer («Chelsi», Angliya) — 120 mln evro
5. Deklan Rays («Arsenal», Angliya) — 120 mln evro
6. Federiko Valverde («Real», Urugvay) — 120 mln evro

Bosh sahifaga
384