«MYu» APLning eng ko'p maosh oladigan futbolchisini sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 997

"Manchester Yunayted" o'z byudjetini oshirish maqsadida David De Xeani sotib yubormoqchi.
Ispaniyalik posbon Angliya premer-ligasining eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi hisoblanib, uning yillik maoshi 23 million evroga teng. Mankunianliklar uni sotishganidan so'ng yozgi transferlar uchun qo'shimcha daromadga ega bo'lishadi.
De Xea sotilganidan keyin Din Xenderson "MYu"ning birinchi raqamli posboniga aylanadi. Hozirda ushbu darvozabon "Sheffild Yunayted" sharafini himoya qilmoqda.
Shuningdek, De Xeaning "MYu"da qolish ehtimoli ham yo'q emas, buning uchun mankunianliklar Pol Pogbani sotishlari kerak bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260